Poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi
🔹 Aholi soni 3,1 mln nafarni tashkil etadi; 2045-yilgacha ikki barobardan ortiq o‘sish kutilmoqda.
🔹 Yashil hududlar maydoni uch barobarga — 25 ming gektargacha kengaytiriladi.
🔹 Yangi loyihalarning kamida 30 foizi yashil maydonlar uchun ajratiladi; 9 ta yangi park barpo etiladi.
🔹 Ko‘rib chiqilgan 85 loyihadan 18 tasi ma’qullandi, 12 tasi takomillashtirishga yuborildi, 54 tasi konseptual qayta ko‘rib chiqiladi.
🔹 Kutilayotgan iqtisodiy samara: har yili +1,5 mlrd dollar, 3,5 trln so‘m byudjet tushumi hamda 260 ming yangi ish o‘rni.