Qurilish sohasini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor tashabbuslar va tizimli takliflar
Bugun qurilish sohasi shunchaki binolar barpo etish emas, balki zamonaviy turmush tarzi va kelajak poydevorini yaratish demakdir. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirishdagi kechikishlar va byurokratik to‘siqlar nafaqat tadbirkorlarga, balki butun iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Quruvchilar Assotsiatsiyasi developerlar va soha yetakchilari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot doirasida ushbu “og‘riqli nuqtalar” bo‘yicha samarali yechimlarga qaratilgan takliflarini taqdim etdi:
I. Yer uchastkalarini realizatsiya qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish.
II. Renovatsiya loyihalarining investitsion jozibadorligini oshirish.
III. Iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, noshaffof quruvchilarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirish.
IV. Shaffof quruvchilarni rag‘batlantirish.
V. Ruxsat berish va kelishish jarayonlarini takomillashtirish