Ochiq muloqot: eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha strategik takliflar qo‘llab-quvvatlandi

18
23.01.2026
Ulashish
Ochiq muloqot: eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha strategik takliflar qo‘llab-quvvatlandi

21-yanvar kuni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligida O‘zbekistonning xorijdagi elchilari va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi Mansurjon Niyazmuhamedovning soha eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan strategik takliflari to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Xususan:

1. Global bozorlarga kirish va sertifikatlarni tan olish

Fors ko‘rfazi va Sharqiy Yevropa bozorlari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Elchilarga mazkur davlatlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

2. Eksportchilar uchun reyting imtiyozlari

Milliy kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida eksportchi korxonalarga reytingda qo‘shimcha ball berish belgilandi.

3. Rossiya bozori: xarajat va vaqtni tejash

Rossiyada faoliyat yuritadigan quruvchilar uchun rus tili imtihonini Rossiyaning Toshkentdagi oliygohlari filiallarida tashkil etish choralari ko‘riladi.

Boshqa yangiliklar