Eron elchixonasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida O‘zbekiston Quruvchilar assotsiatsiyasi a’zolari hamda eronlik tadbirkorlar o‘rtasida muhim B2B uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat qurilish sohasi vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, qurilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalar almashinuvi va investitsiya yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda qurilish sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.