Noqonuniy qurilishlar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar tizimi
Endi noqonuniy qurilishlarning manzili, maydoni va hatto rasmini ham ko‘ra olasiz.
dshk.shaffofqurilish.uz saytiga kirib “Noqonuniy qurilmalar” bo‘limini tanlang, hududingizni belgilang va xaritadagi nuqtalar ustiga bosing.
Tizim yaqinda ishga tushirilgan bo‘lib, noqonuniy qurilmalar haqidagi ma’lumotlar bosqichma-bosqich kiritilmoqda. Agar siz ham qonunga zid qurilishlarga duch kelsangiz, “Ogoh fuqaro” mobil ilovasi orqali xabar bering.
Ushbu mexanizm hujjatsiz qurilishlarni barchaga ochiq tarzda ko‘rsatib, yurtdoshlarimizni uy-joy xarid qilishda aldanib qolishining oldini oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
- Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan-tushmaganini aniqlash
- Quruvchi ishonchlimi? Buni 1 daqiqada bilib olish mumkin
- Uy xarid qilmoqchimisiz? Avval QR-kod orqali tekshiring
- Uyingizga “propiska”ni onlayn rasmiylashtiring
- Kommunal hisobraqamlaringizni tekshiring
- Qurilayotgan obyektlar haqida onlayn ma’lumot oling