MANAR Development O‘zbekiston Quruvchilar Uyushmasi safiga qo‘shildi
MANAR Development’ning Uyushma safiga kirishi kompaniyaning sohada tizimli faoliyat olib borish, yagona kasb standartlarini shakllantirishda ishtirok etish hamda O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan strategik yo‘nalishini aks ettiradi.
O‘zbekiston Quruvchilar Uyushmasi ko‘chmas mulk bozorining yetakchi ishtirokchilarini birlashtiradi hamda biznes, mutaxassislar hamjamiyati va davlat institutlari o‘rtasidagi muloqot uchun muhim platforma vazifasini bajaradi.
Uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari zamonaviy qurilish bozorini rivojlantirish, shahar muhitining sifatini oshirish hamda ilg‘or tarmoq amaliyotlarini joriy etishga qaratilgan.
Hujjatlarni imzolash marosimida ikki tashkilot rahbarlari hamkorlik qilish va tajriba almashishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Tomonlar ushbu hamkorlik mamlakat qurilish bozorini rivojlantirishga hamda sohaning shaffofligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.